19 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.06.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 19 iyun kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.

19 iyun kunlari shimoliy hududlarga, 20 iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

19-20 iyunda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

19-20 iyunda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

19 iyunda shimoliy hududlar, 20 iyunda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.

19-21 iyunda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

19 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esad, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda 42-45o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esad, 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.Harorat 38-40o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.