18-20 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
16.06.2023
18-20 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 19 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 36-41°; 19 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 20 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
18 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 38-43°; 19 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 36-41°; 20 iyunda kechasi 22-27°,
kunduzi 33-38° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
18-19 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41°; 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, 19-20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda, 20 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 iyunda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 18-19 iyunda 27-32°, 20 iyunda 25-30° bo’ladi.