13 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.06.2023

13 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘na vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-41o gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-39o bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, do‘l bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.