7 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.06.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:

7-8 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42o gacha;

7-8 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40o gacha;

7-8 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39o gacha ko‘tariladi.

7-9 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

 

7 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda va cho‘l hududlarda 41-42° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmayd. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.