1 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
01.08.2021
MUHIM HODISАLАR
1-2 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomgʼirlar sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
1 АVGUST KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli boʼladi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 35-40° boʼladi.
Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo biroz bulutli boʼladi, baʼzi joylarda oʼzgarib turadi, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarning baʼzi joylarda qisqa muddati yomgʼir yogʼishi momaqaldirok boʼlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 25-30° boʼladi.