MART OYINING YAKUNI VA 2023-YIL APREL OYIDA KUTILAYOTGAN OB-HAVO SHAROITI

MART OYINING YAKUNI VA 2023-YIL APREL OYIDA KUTILAYOTGAN OB-HAVO SHAROITI

30.03.2023

MART OYINING YAKUNI  VA 2023-YIL APREL OYIDA KUTILAYOTGAN  OB-HAVO SHAROITI

Mart oyi tugadi. O‘tgan yilning mart oyi anomal nam bo‘lgan edi, bu yilning mart oyi esa nisbatan quruq bo‘ldi.

O‘tgan yilning mart oyida yog‘ingarchilik me’yordan 2-3 marta, ba’zi joylarda 3,5-4,5 marta ko‘p bo‘ldi. Respublikaning bir qator viloyatlarida, shu jumladan Toshkent shahrida o‘tgan yilning mart oyidagi yog‘ingarchilik meteorologik kuzatuvlarning butun qatori uchun rekordli bo‘ldi. Bu yilning mart oyida esa yog‘ingarchilik miqdori odatdagidan kam bo‘ldi.

Mana bahor taqvimining o‘rtasi aprel oyining kirib kelishiga ham oz vaqt qoldi.

O‘zbekistonda bahorning o‘rtasi - yilning ajoyib vaqti deb hisoblanadi. Havo iliq, lekin juda issiq emas. Yomg‘ir ko‘pincha qisqa muddatli bo‘ladi va yomg‘irdan so‘ng tabiat yanada jonlanadi. Momaqaldiroq kuzatiladi va havodan tozalik isi kelib turadi.

Odatda, aprel oyida yog‘ingarchilikning sezilarli miqdori yog‘adi, aprel yilning eng nam oylaridan biridir. Respublikaning shimolida, chekka janubida va cho‘l hududlarida oy uchun o‘rtacha yomg‘irli kunlar soni 5 kundan 8 kungacha, tog‘larga yaqin joylarda yog‘ingarchilik 9-13 kungacha kuzatiladi.

Bu ko‘p yillik davrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardir. Darhaqiqat, O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida aprel oyining xilma-xilligi kuzatilgan. Oylik miqdori me’yorning 30-50% dan ko‘p bo‘lmagan juda quruq aprel oylari ham kuzatilgan, shunday aprel oylari bo‘lganki, oy uchun yog‘ingarchilik me’yordan nisbatan ko‘p bo‘lgan.

Butun kuzatuvlar tarixi davomida 1990-yil eng nam yil bo‘lgan, hududlarning katta qismida 3 dan 5 gacha oylik me’yori yog‘gan. Toshkentda 1990-yil aprel oyida taxminan 3 oylik me’yor yog‘gan va 1990-yil 8-aprelda kunlik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha mutloq rekord o‘rnatildi. Aprel oyi me’yori 62 mm bo‘lganda shu kun davomida Toshkentda 65 mm yomg‘ir yog‘di !!!.

Aprel oyining harorat foni odatda beqaror bo‘ladi. Bahorda havo tez isishi haroratning pasayishi, nisbatan salqinlashishi va sovuq bo‘lishi qisqa muddatga o‘rin almashishi mumkin. O‘zbekiston aholisi, ehtimol, 2020-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida qor yog‘ganini, hatto qishda ham kamdan-kam hollarda sodir bo‘lmasligini eslay olsa kerak.

Bu yil, aprel oyida o‘rtacha havo harorati me’yor atrofida, ba’zi joylarda o‘rtacha yillik qiymatlardan biroz ko‘p bo‘ladi. Aprel oyida yog‘ingarchilik kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Oy quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-aprel kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, kunduzgi harorat mart oyining oxirgi kunlari kabi 22-27o atrofida, ya’ni me’yordan 5-8o ga yuqori (bu birinchi aprel xazili emas) bo‘ladi.

2-7-aprel kunlari respublika bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol shiddatli kuchayishi bilan qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Ko‘pincha bahorda bo‘lgani kabi, yomg‘irning hudud bo‘yicha tarqalishi va jadalligi juda rang-barang - yomg‘irning jadalligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi. Kunduzgi havo harorati yomg‘ir paytida 5-7o ga pasayadi. Aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi.

O‘zgidrometning dastlabki prognoziga ko‘ra, aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat kechalari 7-12o dan 12-17o gacha, kunduz kunlari 20-25o dan 27-32o gacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Shuni unutmangki, bahorda va xususan, aprel oyida ob-havo ba’zan juda "kutilmagan hodisalar" sovuqlar, kuchli jala yomg‘irlar, momaqaldiroq paytida tez-tez sodir bo‘ladigan qasirg‘alar, do‘l olib keladi. Kuchli jala yomg‘irlar tog‘oldi hududlarda halokatli sel-suv toshqinlariga olib kelishi mumkin.

Baland tog‘larda hali ham qor ko‘chkisi xavfi saqlanib turadi. Ob-havoning mumkin bo‘lgan salbiy ko‘rinishlariga tayyor bo‘lish uchun O‘zgidrometning prognozlari va tezkor gidrometeorologik axborotlarini kuzatib boring.