O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikni rivojlantiramiz

O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikni rivojlantiramiz

30.06.2021

O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikni rivojlantiramiz

29 iyun kuni O‘zgidromet markazida O‘zgidromet Bosh direktori o‘rinbosari I. Karimov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doyna Muntyanu xonim o‘rtasida bo‘lib o‘tgan  uchrashuvda iqlim bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtiradigan jamg‘armalar tomonidan moliyalashtirilayotgan iqlim o‘zgarishi muammolari bilan bog‘liq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu yilda Adaptatsiya jamg‘armasining “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini amalga oshirish yakunlanmoqda. Uning doirasida suv tanqisligi va qurg‘oqchilik sharoitida iqlimiy barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari namoyish etildi.

Mazkur yilda O‘zbekistonda moslashish choralari va harakatlarini o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirishni targ‘ib qilish uchun iqlim o‘zgarishiga nisbatan eng himoyasiz bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga yo‘naltirilgan Milliy adaptatsiya rejasini (MAR) tayyorlash loyihasini amalga oshirish boshlandi. Loyiha YAshil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi va suv, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda moslashishni rejalashtirish masalalarini qamrab oladi.

Shuningdek, joriy yilda ishga tushirilishi kutilayotgan ikkita yangi loyiha muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv hamfikrlik ruhida va konstruktiv muhitda bo‘lib o‘tdi.