O‘zgidrometning ijtimoiy sahifasida keltirilgan maqolasiga munosabati

O‘zgidrometning ijtimoiy sahifasida keltirilgan maqolasiga munosabati

30.06.2021

O‘zgidrometning ijtimoiy sahifasida keltirilgan maqolasiga munosabati

Joriy yil 20 mayda NUZ.UZ ijtimoiy sahifasida keltirilgan: «Без финансирования гидрометеорологическая наука погибнет. Она нужна?», (https://nuz.uz/obschestvo/1198232-bez-finansirovaniya-gidrometeorologicheskaya-nauka-pogibnet-ona-nuzhna.html) deb nomlangan maqolaga O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatining munosabati:

2020 yil gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha burilish yili bo‘ldi. O‘tgan yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4896-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

            I. Sohaning noromativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha:

            Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi, shuningdek sohada xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar mexnatini taqdirlash maqsadida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi ko‘krak nishoni qabul qilish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi vazirliklar va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi;

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 apreldagi 200-son “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”, 8 maydagi 289-son “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi;

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida soha yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha Kelishuv imzolandi va 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. SHuningdek, bilan birga Rossiya federatsiyasidagi universitetlarga 17 ta – bakalavr, 4 ta – magistratura, 2 ta – doktorantura yo‘nalishlariga hujjatlar topshirildi.

II. Gidrometeorologiya kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish, IT-texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini keng joriy etish va modernizatsiya qilish.

2020 yilda yangidan 5 ta meteorologiya stansiyalari (2021 yilda 5 ta o‘rnatish rejalashtirilgan), 2 ta qor ko‘chki stansiyalari (2021 yilda – 2 ta), 50 ta zamonaviy avtomatlashtirilgan meteorologik stansiyalar (2021 yilda – 12 ta), 2 ta avtomatlashgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi stansiyalari (2021 yilda 1 ta mobil ekologik laboratoriya olib kelinadi) tashkil etildi. Buxoro viloyatiga 1 ta meteorologik radiolakator uskunasi xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 1 ta meteorologik radiolakator Namangan viloyatiga o‘rnatiladi.

Kuzatuv tarmoqlardan ma’lumotlarni O‘zgidrometga 10 daqiqa vaqt oralig‘ida muntazam ravishda GSM/sputnik orqali uzatib borilishi ta’minlandi (amalda har 3 soatda kuniga 8 marotaba radio aloqa vositasi yordamida berilgan).

Er sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qabul qiluvchi uskunani (MODIS) modernizatsiya qilish natijasida kuniga 4 marta respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarda qor qoplami balandligini o‘lchash orqali suv miqdori xisobini yuritish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining normallashgan vegetatsiya indeksi zichligini aniqlashga erishildi.

III. Sohada moliyalashtirish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.

Sohani jami harajatlari uchun 2018 yilda – 30 mlrd so‘m, 2019 yilda – 40 mlrd so‘m, 2020 yilda – 45 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda esa 3 baravarga oshirilib, 128,2 mlrd so‘mni tashkil etdi (shundan, xodimlarning ish haqi va joriy xarajatlar uchun – 100 mlrd so‘m).

2021 yil 1 yanvardan soha xodimlarining oylik ish haqlari ikki baravarga oshirildi va uzoq muddat xizmati uchun oylik ustama haq to‘lanishi ta’minlandi (sohada o‘rtacha oylik ish haqi 3 – 3,5 mln. so‘m, avval 1 – 1,5 mln. so‘m bo‘lgan).

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlariga xaq to‘lash 2004 yildan boshlab faqat ilmiy loyihalar hisobidan moliyalashtirilgan. Institut tomonidan 2017 yilda topshirilgan 12 ta ilmiy loyiha Ilm-fan davlat qo‘mitasi tomonidan maqullangan va 2018-2020 yillarda loyihalar amalga oshirilishi hisobidan xodimlarga ish xaqi to‘langan.

2017 yildan respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlarida amalga oshirilgan islohotlar ilm-fan sohasida ham o‘z natijasini bera boshladi. Jumladan, ilm-fan va innovatsiya sohasida davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirish, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda shaffoflikni oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida 2018 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Vazirlikning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasini o‘tkazish va intellektual mulk ob’ektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashdan iborat.

Institut tomonidan 2019 va 2020 yillarda moliyalashtirish uchun Innavotsion rivojlanish vazirligiga loyihalar taqdim etilmagan. SHunday bo‘lsada O‘zgidromet tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2020 yil 17 noyabrda tasdiqlangan PQ–4896-son qarorda Institut tomonidan 2021 – 2023 yillarda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari ro‘yxati kiritilgan.

Ushbu 15 ta loyihaning 3 tasi Innavatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 3 tasi tanlovga qo‘yilgan, qolgan 12 tasi esa ko‘rib chiqilmoqda.

Institut xodimlarini saqlab qolish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish yo‘lga qo‘yildi (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 apreldagi 200-son qaroriga muvofiq Institut 2021 yil O‘zgidrometga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2022 yildan boshlab esa davlat byudjetidan).