O‘zgidromet ijtimoiy tarmoqlardan xabarlar tarqalishida e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qoladi

  O‘zgidromet ijtimoiy tarmoqlardan xabarlar tarqalishida e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qoladi

30.06.2021

  O‘zgidromet ijtimoiy tarmoqlardan xabarlar tarqalishida e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qoladi

Qalampir.uz ga ko‘ra,” Anomal issiq sabab poezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilingan (https://qalampir.uz/n/41578). Maqolada “Gidrometeorologiya xizmati markazidan olingan xabarga ko‘ra, 2021 yil
28 iyundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi. Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° atrofida bo‘ladi” degan jumlalar keltirilgan. Ammo, yuqoridagi xabarda anomal issiq termini keltirilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda, anomal issiq termini ostida xabarlar qoldirilmoqda.

          “Anomal” so‘zi havo haroratlari uchun o‘rtacha sutkalik havo haroratining shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yor qiymatidan 6-8° pastlab yoki ko‘tarilib ketganida ishlatilatigan atama. Bu, Jahon Meteorologik Tashkilotining bizning mintaqa uchun e’lon qilgan darajasidir. Anomaliya - meteorologik elementlarning vaqt yoki fazoda o‘zining o‘rtacha qiymatidan yuqori chetlanishi (og‘ishi).

          O‘zgidromet o‘zining 28 iyun kuni e’lon qilgan prognoziga ko‘ra, hafta davomida anomal issiq haroratlar qayd etilmasligini bildirgan (http://hydromet.uz/uz/news/862-ushbu-afta-issi-bladi.html). Prognozda “hafta davomida harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga ko‘p bo‘ladi. Biroq, bizning O‘rta Osiyo iqlimimiz uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas.” deyilgan.

          Hafta davomida O‘zbekiston hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi, bu davomli uzoqroq muddat respublika ob-havosini belgilaydi. Odatda, mintaqada yoz oylarida issiq jazirama yoki anomal issiqlar Eron va Turkmaniston hududlaridan kirib keluvchi issiq havo massalarida yuzaga keladi. Bunda tungi havo haroratlari ham ko‘tarilib, sutkalik havo harorati ko‘tariladi va anomal issiq hodisasi vujudga keladi. Hozir esa unday emas.

          O‘zgidromet ijtimoiy tarmoqlardan xabarlar tarqalishida e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qoladi.