O'zgidrometga atmosfera havosining mobil ekologik laboratoriyasi qabul qilindi

O'zgidrometga atmosfera havosining mobil ekologik laboratoriyasi qabul qilindi

23.06.2021

O'zgidrometga atmosfera havosining mobil ekologik laboratoriyasi qabul qilindi

Bugun O‘zgidrometda Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktori SHerzod Habibullaev xamda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazining (CAREC) tashkilot ijrochi direktori Zafar Maxmudov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha to‘rtinchi Markaziy Osiyo konferensiyasi tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Hamda hamkorlarimiz tomonidan gidrometeorologiya moddiy-texnik bazasini takomillashtirish uchun taqdim etiladigan ekolaboratoriya taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mobil ekologik laboratoriyasi - zamonaviy avtomatik gaz analizatorlari bilan jihozlangan va atmosfera havosining ifloslanish darajasini real vaqt rejimida qayd etadi. Laboratoriya favqulodda holatlarda atmosfera havosining ifloslanish darajasi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazadi va atmosfera havosining ifloslanishini kuzatuvchi statsionar postlar bo'lmagan joylarda kuzatuv maydonini qamrab oladi.

Ta’kidlash joizki O'zgidromet 65 ta statsionar kuzatuv punktlarida shahar va aholi punktlarida atmosfera havosining ifloslanishini fon monitoringini olib boradi.

Maxsus dastur quyidagilarga imkon beradi:

• monitoring natijalarini to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish;

• olingan ma'lumotlarni onlayn tarzda yig'ish markaziga uzatish

va axborotni qayta ishlash;

• atrof-muhit havosidagi asosiy ifloslantiruvchi moddalarning maksimal qiymatlarini aniqlash.

Atmosfera havosining ifloslanishi to'g'risidagi ma'lumotlar monitoring.meteo.uz jamoat onlayn-platformasida va AirUz mobil ilovasida e'lon qilingan.