O‘zgidromet Bosh direktor o‘rinbosari Ibrat Karimov ma’ruzasi

O‘zgidromet Bosh direktor o‘rinbosari Ibrat Karimov ma’ruzasi

16.06.2021

O‘zgidromet Bosh direktor o‘rinbosari Ibrat Karimov ma’ruzasi

“Yuksalish” umummilliy harakatida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi: sabablari, ehtimolli oqibatlari va ular bilan kurashish strategiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zgidromet Bosh direktor o‘rinbosari I.Karimov “Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini oldini olish strategiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi global kurashda faol ishtirok etadi va iqlimga barqaror ichki siyosat olib boradi. Mamlakatda iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlarini oldini olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mamlakat ichida va xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha strategiya ishlab chiqilmoqda. U iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha milliy harakatlar uchun strategik platformani yaratish, hamda rivojlanish bilan bog‘liq faoliyat va rejalashtirishga iqlimga oid masalalarni kiritishga qaratilgan. Bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim qadamdir.