O‘ZGIDROMET HODIMLARI BJMT TOMONIDAN O‘TKAZILAYOTGAN GIDRAVLIKA, GIDROLOGIYA VA GIDROMETEOROLOGIYA II MASOFAVIY SEMINARIDA QATNASHAYAPTI

O‘ZGIDROMET HODIMLARI BJMT TOMONIDAN O‘TKAZILAYOTGAN GIDRAVLIKA, GIDROLOGIYA VA GIDROMETEOROLOGIYA II MASOFAVIY SEMINARIDA QATNASHAYAPTI

01.06.2021

1

2021 yil 31 mayda Butunjahon Meteorologiya Tashkiloti (BJMT) tomonidan tashkillashtirilgan «Gidravlika, gidrologiya va gidrometeorologiya» mavzusidagi II masofaviy seminarida O‘zgidrometning gidrologik kuzatuvlar tarmog‘i bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Hamdamova va qisqa muddatli prognozlash guruhi 2-toifali muhandisi S. Kalabaev qatnashdi. Seminarni BJMTning mas’ul mutaxassisi janob Pune ochib berdi va qatnashchilarga bir yarim oy davomida davom etadigan seminarning rejasi haqida taqdimot qildi.
Seminarning asosiy maqsadi – gidravlika, gidrologiya va qisman meteorologiya sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sohada joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash malakasini oshirish, mutaxassislar o‘rtasida fikr almashishni ta’minlashdan iboratdir. Seminarda Markaziy, Sharkiy va Janubiy-sharqiy Osiyodan jami 10 ta davlatdan 61 ta soha mutaxassislari qatnashdi. Seminar 2021 yil 16 iyulgacha moodle tizimida davom etadi.