O‘ZBEKISTONDA HAFTA DAVOMIDA JUDA ISSIQ OB-HAVO BO‘LADI

O‘ZBEKISTONDA HAFTA DAVOMIDA JUDA ISSIQ OB-HAVO BO‘LADI

01.06.2021

1

Hafta davomida O‘zbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi. 

Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1 iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ish haftasi davomida ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25° ni, kunduz kunlari 37-39° ni, janubda va cho‘l hududlarida 38-43° ni tashkil etadi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.

31 may va 1-2 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.