Global baholash milliy darajadagi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va yumshatish

Global baholash milliy darajadagi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va yumshatish

28.05.2021

Global baholash milliy darajadagi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va yumshatish

27 may kuni Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) Buyuk Britaniyaning meteobyurosi tomonidan tayyorlangan Global iqlim bo‘yicha byulletenga tayanib, kelgusi 5 yil ichida (2021-2025 yillarda) kamida bir yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishining 90% ehtimoli borligi va 2016 yilni birinchi o‘rindan chiqib chiqarishi mumkinligi haqida xabar qilingan press-reliz nashr etdi.

Taxmin qilinmoqdaki, o‘rtacha yillik global harorat har bir kelgusi besh yilliklarda sanoatgacha bo‘lgan darajadan 0,9-1,8°C ga yuqori bo‘lishi mumkin.

Darhaqiqat, iqlim o‘zgarishi sohasida xalqaro ekspertlarning so‘nggi baholashlari shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishiga uzoq muddatli tendensiya tobora kuchayib bormoqda.

Jahon meteorologiya tashkilotining «2020 yilda global iqlim holati» deb nomlangan ma’ruzasida 2011 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan o‘n yillik va 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan olti yillik kuzatuv tarixida ushbu davrlarn eng issiq davrlar deb nomlandi.

2020 yil meteorologik kuzatuv tarixida sayyoramiz bo‘yicha o‘rtacha eng issiq uch yilliklardan biri bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha eng issiq yillar reytingida u 2016 va 2019 yillar bilan birinchi o‘rin uchun kurashgan.

Global baholash milliy darajadagi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini moslashishi va yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan hududiy namoyishlar va iqlim o‘zgarishining ob’ektiv ko‘rinishini ko‘rsata olmaydi. SHu munosabat bilan mamlakatlar o‘z hududlariga nisbatan iqlim xususiyatlarini baholaydilar.

Demak, O‘zbekiston hududi uchun 2020 yilda dunyoning boshqa mamlakatlaridagi kabi harorat ko‘rsatkichlari rekordi o‘rnatilmagan. Respublika hududining katta qismi hatto eng issiq yillarning o‘ntaligiga ham kirmadi. O‘rtacha yil uchun me’yorga nisbatan O‘zbekistonning eng issiq hududi shimoli-g‘arbiy tumanlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ldi. Kuzatuvlarning tartiblangan qatorida (eng issiq yildan sovuqgacha) Qoraqalpog‘istonning qishloq xo‘jaligi zonasi 2020 yil Top-10, Ustyurt platosi Top-5 eng issiq yil, Orol dengizi esa 2020 yil butun kuzatuv qatori uchun eng issiq yil bo‘ldi.

Buyuk Britaniya Meteobyurosining baholashi hududiy darajada global baholashdan biroz farq qilishi ehtimoli katta, biroq bu uzoq muddatli isish tendensiyasini buzmaydi.

 

Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi bo‘yicha o‘rtacha yillik havo haroratining o‘zgarishi