14 NOYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
14.11.2021
14 NOYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13о iliq boʼladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11о iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-6о iliq boʼladi.