O‘zgidromet mutaxassislari “Davlat kadastrlari va geoaxborot texnologiyalari” yo‘nalishida o‘tkazilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdilar

O‘zgidromet mutaxassislari “Davlat kadastrlari va geoaxborot texnologiyalari” yo‘nalishida o‘tkazilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdilar

11.11.2021

O‘zgidromet mutaxassislari “Davlat kadastrlari va geoaxborot texnologiyalari” yo‘nalishida o‘tkazilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdilar

Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari deportamentining 2021 yil 15 maydagi davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirish maqsadida tegishli davlat kadastrlarini to‘liq hisobga olish va geoaxborot tizimini shakllantirish bo‘yicha 08/1-1935-sonli topshirig‘iga muvofiq o‘quv kursi tashkitl etildi, O‘zgidromet Davlat suv kadastri (yer usti suvlari qismi) va Xavfli Gidrometeorologik xavfi yuqori zonalar davlat kadastrini yurituvchi markaziy apparat mutaxasisslari, joriy yil kuzda  (2021 yil 6-10 sentabr kunlari davomida) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMI) mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan “Davlat kadastrlari va geoaxborot texnologiyalari” yo‘nalishida o‘tqazilgan o‘quv kurslarida ishtirok etishdi. O‘quv dasturi davomida Davlat kadastrlarini olib borish va muvofiqlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash, kadastrlarni topografik asoslarini Geoaxborot tizimlarda ArcGis dasturlari texnologiyalar yordamida shakllantirish va qayta ishlash yo‘nalishida malaka oshirdilar.

Ushbu olingan bilimlar va ko‘nikmalar O‘zgidromet tomonidan yuritiladigan davlat kadastrlarini shakillantirish jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

1