27-30 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
25.12.2025
27-30 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 28 va 30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 5-10° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 4-9° iliqqacha, kunduzi 12-17° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27 va 29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 va 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 3-8° iliqqacha, kunduzi 10-15° iliqqacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 30 dkabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 dekabrda 0-5° iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 5-10° iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 27-28 dekabrda 10-15° iliq, 29-30 dekabrda 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-28 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, 29-30 dekabrda 1-6° iliq, kunduzi 27 dekabrda 3-8° iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 7-12° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. 27 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27 dekabrda 5-10° sovuq bo‘ladi, 28-30 dekabrda 0-5° sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 2-7° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi.







