22-25 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
20.12.2025
22-25 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 dekabrda 5-10° sovuq, 23-25 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 22 va 25 dekabrda 0-5° iliq, 23-24 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 dekabrda 2-7° sovuq, 23 dekabrda 0-5° sovuq, 24-25 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 22 dekabrda 2-7° iliq,
23-24 dekabrda 7-12° iliq, 25 dekabrda 5-10° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 22 dekabrda 5-10° sovuq,
23-25 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 22 va 25 dekabrda 0-5° iliq, 23-24 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 22 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 23 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 23 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 24-25 dekabrda
kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 23-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 dekabrda
kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 23-25 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-23 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 24-25 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 22 dekabrda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-23 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24-25 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.