20 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.12.2025

MUHIM HODISALAR
20-22 dekabrda Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
20 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 0-5°iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi, tuman tushadi. 
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 0-2° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. 
Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.