19 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 18 dekabr soat 20 dan 19 dekabr soat 20 gacha
18.12.2025
MUHIM HODISALAR
18-22 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
19 DEKABR OB-HAVO PROGNOZI 18 dekabr soat 20 dan 19 dekabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 1-3° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarga tuman -tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° sovuq, Ustyurtda ba’zi joylarda 15-18° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, cho‘l hududining shimolida 10-13° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va eratalb ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.







