17 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
17.12.2025
MUHIM HODISALAR
17-22 dekabrda Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.







