18-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

18-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

16.12.2025

18-21 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 19-20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 dekabrda 0-5° sovuq, 19-21 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 18 va 20-21 dekabrda 0-5° iliq, 19 dekabrda 3-8° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 19-21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 19-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-19 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 20-21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 va 20 dekabrda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 19 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 20-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 19-21 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 19 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 20-21 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 18 dekabrda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 19-21 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 19 va 21 dekabrda 0-5° sovuq, 20 dekabrda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.