19 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.04.2025

MUHIM HODISALAR
19-22 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
19 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat 14-19° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° bo’ladi.