6 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.05.2024

MUHIM HODISALAR 6 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin 6-8 mayda Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chis xavfi bor. 6 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi. Respublikaning tog’ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yo’qorida) qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-16° bo‘ladi.