26 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.04.2024

MUHIM HODISALAR 26-28 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 26-30 aprelda respublikaning tog‘li hududlarida (2000 m dan yo‘qorida) qor ko‘chishi xavfi bor. 26 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 22-27° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 2000 m dan yo‘qorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-14° bo‘ladi.