30 MART-1 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

30 MART-1 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

28.03.2024

30 MART-1 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 31 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 1 aprelda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 31 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 1 aprelda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 31 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 1 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 31 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 17-2° iliq; 1 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 31 mart-1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 31 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 1 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 31 mart-1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 30 martda 0-5° iliq bo‘ladi, 31 mart-1 aprelda 7-12° iliqqacha ko‘tariladi.