26 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.01.2024

MUHIM HODISALAR

26-31 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

26 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ozbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning birinchi yarmida qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq boladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo’ladi.