O‘zbekiston bo‘yicha 7-9 aprel kunlariga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 7-9 aprel kunlariga ob-havo prognozi

07.04.2023

Ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi

 

Bugun markaziy va sharqiy hududlar bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi mumkin, Toshkent viloyatining va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kuchli bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzgi havo harorati 16-21o dan yuqori bo‘lmaydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Ertaga kechasi va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.

Dam olish kunlari harorat kechalari 7-12o, kunduz kunlari 22-27o ni tashkil etadi.

7-9 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 7 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18o bo‘ladi.

Shanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10o, kunduzi 22-25o bo‘ladi.