11 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.01.2023

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 11-15 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi.
11 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
11-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17o sovuqgacha, ba’zi joylarda 20o sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10o sovuqgacha, ba’zi joylarda 12o sovuqgacha; shimolda kechalari 20-25o sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30o sovuqgacha, kunduz kunlari 12-17o sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13o sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8 o sovuqgacha pasayadi. 
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
11-16 yanvarda O’zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor.

11 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida va tog’ oldi va tog’li huuddlarning ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10o sovuq, ba’zi joylarda 12o sovuqgacha, shimolda12-17o sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat
7-9o sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15o sovuq bo‘ladi.