TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

10.01.2023

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

2023-yil 11-16-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumanida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.