30 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.12.2022

30 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 4-9o iliq bo’ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o iliq bo‘ladi.