8 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.12.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati: kechalari 5-10 sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 24 sovuqgacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.

8 dekabrda respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.

 

8 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3o sovuq-2o iliq, shimolda 4-9o sovuq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1o sovuq-1o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko’chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9o sovuq bo‘ladi.