O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 25-27-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 25-27-NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

25.11.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 25-27-NOYABRGA  OB-HAVO PROGNOZI

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublika shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarga tuman tushishi hisobiga ko‘rinuvchanlik yomonlashadi. Harorat foni kechagi kunga nisbatan biroz past, ammo yetarli darajada yuqor, 15-17o iliq, janubda 20o iliq atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga markazi Qozog‘iston ustida bo‘lgan sovuq antisiklon ta’sir etadi. Havo harorati kechalari 3-8o iliqgacha, kunduz kunlari 8-13o iliqgacha pasayadi.

Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.

Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.