17 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 16 oktyabr soat 20 dan 17 oktyabr soat 20 gacha 

17 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 16 oktyabr soat 20 dan 17 oktyabr soat 20 gacha 

16.10.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 17 oktyabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga,
18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Havo harorati 8-10o ga pasayishi kutilmoqda.
17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8gacha iliq, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduz kunlari 15-20o gacha asta-sekin pasayadi.
17-19 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin,
baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanidi) boʻladi. 
17-18 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

17 OKTYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 16 oktyabr soat 20 dan 17 oktyabr soat 20 gacha 

TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 20-22° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG”LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.