DAM OLISh KUNLARI JUDA ISSIQ BO‘LADI!

DAM OLISh KUNLARI JUDA ISSIQ BO‘LADI!

22.07.2022

Bugun va dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga
Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Ushbu kunlarda harorat foni iqlimiy me’yorlardan 5-7o ga yuqori bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 40-45o atrofida, janubda va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda 47o gacha bo‘lishi kutilmoqda. Quyosh urushini oldini olish maqsadida kunning ikkinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikka harakat qiling! O‘zingizni asrang.

Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling!