Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar

Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar

15.07.2022

Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan  hududlar

        13 iyul kuni quyidagi suv ob’ektlarida yer usti suvlaridan namunalar olindi:

       - Bo‘zsuv kanali – Toshkent shahrining ko‘pgina boshqa kanallarini suv bilan ta’minlovchi yirik kanal. Suv sifati II  sinf toza suvlarga mos keladi. (Suv ifloslanishi indeksi (SII)-0,5).

       - Qorasuv kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyatining Qibray tumani Oqqavasoy GESidan boshlanadi va Toshkentning janubiy-sharqiy  va janubiy (Sergeli va Bektemirni hisobga olmaganda) qismi bo‘yicha oqib o‘tadi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlarga mos keladi (SII-1,08).

        Salar kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyati Qibray tumani TashGRES posyolkasidan boshlanadi.  Toshkentning shimoliy-sharqiy qismidan janubiy-g‘arbiy qismiga, shahar markazi bo‘ylab oqadi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlarga mos keladi (SII-1,78).

        - Anxor kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Kichik xalqa yo‘lidan boshlanadi. Suv sifati  II sinf toza suvlarga mos keladi (SII-0,5).

       - Burjar kanali – Anxor kanalining chap sohili. Suv sifati  II sinf toza suvlarga mos keladi (SII-0,6).

        O‘tgan xafta bilan solishtirilganda Anxor, Bo‘zsuv, Burjar, Salar va Qorasuv kanallarida suv sifati  oldingi darajada qoldi.

        Suv ob’ektlarini kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishi bo‘yicha Toshkent kanali suvlari II sinf (toza) suvlar va         III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlarga mos keladi.