O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 27 IYuN-1 IYuLGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 27 IYuN-1 IYuLGA OB-HAVO PROGNOZI

27.06.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 27 IYuN-1 IYuLGA OB-HAVO PROGNOZI

Anomal issiq davom etadi

Dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44° gacha ko‘tarildi.

Ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7° ga yuqori bo‘lgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 23-26°, kunduz kunlari 39-42°, respublika janubida va cho‘l hududlarida 43-45° bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 37-40° atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda 43-45° atrofida bo‘lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Respubliknaing ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Bugun ayrim tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.