O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 24-26 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 24-26 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

24.06.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 24-26 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

Dam olish kunlari issiq bo‘ladi

Bugun O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39° ga yetadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42° gacha bo‘ladi.

Ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Ertaga havo harorati kechasi 21-24°, kunduzi 36-39° atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44° gacha bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26° gacha, kunduzi 38-42° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45° gacha ko‘tariladi.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.