O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 10-14 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 10-14 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI

10.06.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 10-14 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI

Dam olish kunlari harorat pasayishi kutilmoqda

Ba’zi joylarda momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi

Bugun kun davomida hududning katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 34-39° atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-42° gacha bo‘ladi.

11 iyunda O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

11 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 11-12 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

13 iyunda faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

10-12 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-14 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12 iyunga kelib 31-33° ni tashkil etadi.