4 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 3 may soat 20 dan – 4 may soat 20 gacha

4 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 3 may soat 20 dan – 4 may soat 20 gacha

03.05.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 3-4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.

3-4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;

4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;

3-4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati 22-25o gacha pasayadi.

Joriy yilning 3-5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

4 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

3 may soat 20 dan – 4 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17o, kunduzi 23-25o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARIHavo o‘z
garib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’
adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 22-27o bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 22-27o bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o, kunduzi 13-18o bo‘ladi.