21 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.04.2022

21 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatdi yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25o bo‘ladi.

.Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17o bo‘ladi.