Buxoro viloyati Kogon tumanida meteorologik radiolokator o‘rnatildi
31.03.2022
Joriy yilda Buxoro viloyati Kogon tumanida meteorologik radiolokator (MRL) uskunasi o‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Shu sababdan O‘zgidromet rahbariyati, prognozchi mutaxassislar va OAV vakillari axborot texnologiyalari hamda meteorologik radiolkatorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha meteolokatorlardan ma’lumot qabul qilish, unga ishlov berish va ma’lumotlardan foydalanish masalalarini muhokama etish uchun Buxoro shahriga keldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi PQ–4896-son qarori bilan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq 2021-2023 yillar davomida O‘zgidrometga respublikada atmosferani masofadan va radiolokatsion zondlashning zamonaviy vositalarini joriy qilgan holda Buxoro viloyati hudududga meteorologik lokatorlar o‘rnatish orqali iqtisodiyotning ob-havoga bog‘liq tarmoqlari faoliyati va aholi xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Mazkur qaror bilan belgilangan vozifalar ijrosini taminlash maqsadida Finlandiyaning “VAISALA OyJ” kompaniyasi (ishlab chiqaruvchi/yetkazib beruvchi) bilan Meteorologik radiolokator uskunasini yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha kelishuv rasmiylashtirildi.
Shuning bilan birga, Buxoro viloyati hudududga meteorologik radiolokator uskunasini 15 metr balandlikdagi metall-konstruksiya ustunga (vыshka) o‘rnatish bo‘yicha “VAISALA OyJ” kompaniyasi mutaxassisi 2022 yil 16 fevralda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Hozirda kompaniya mutaxassisi va O‘zgidromet mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu uskunani metall-konstruksiya ustunga o‘rnatish va ishga tushirish ishlari yakunlandi.
Finlandiyaning “VAISALA OyJ” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rnatilgan Meteorologik lokator 200 km radiusda mavjud
va kutilayotgan ob-havo xodisalari to‘g‘risida, jumladan bulutlar oqimi va turi, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘inlar miqdori va turi (yomg‘ir, do‘l, qor) hamda uning davomiyligi, momaqaldiroq sodir bo‘lgan hududlarni vizualizatsiya qilish orqali meteorologik kartalarga tushiradi va oldindan xabardor qilish imkoniyatlari mavjud. Ma’lumotlar har 10 daqiqada yangilanadi va muntazam ravishda O‘zgidrometning meteorologik lokatorlar geografik axborot-tahliliy geoportaliga uzatib boriladi.
Ta’kidlash joizki, Toshkent, Samarqand va Nukus shaharlari aeroportlarida o‘rnatilgan AQShning “Baron Service Inc.” va Germaniyaning “Seleks” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan “S” doplerli meteorologik radiolokator tizimlari O‘zbekiston hududida shamolning yo‘nalishi, gorizontal tezligi, radiolokator radiusidagi yog‘inlar miqdori
va jadalligi kabi meteorologik hodisalar, bulutlar harakatini kuzatish,do‘l va momaqaldiroq jarayonlari rivojlanishini prognozlash imkonini beradi.
Toshkent, Samarqand, Nukus, Buxoro shaharlarida o‘rnatilgan to‘rtta doplerli meteorologik lokatorlar xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishda qo‘yilgan yana bir qadam bo‘ldi. Bu lokatorlar aviatsiya uchun tayyorlanadigan
ob-havo prognozlari ishonchliligini yanada oshishiga, kuchli yomg‘ir, do‘l, qor kabi hodisalarga olib keluvchi kuchli bulutlilikni aniqlash va uni prognozlashga xizmat qilmoqda.
Oxirgi yillarda bu kabi juda tez hosil bo‘ladigan xavfli halokatli gidrometeorologik hodisalarni aniqlash hozirgi kunda turli iqlimiy modellarga ham qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Demak, katta masofalarni “ko‘ra” oladigan zamonaviy doplerli meteorologik radiolokator ma’lumotlariga ehtiyoj ortmoqda. Bu kabi bir nechta uskunalarning integratsiyalashgan mahsuli atmosferadagi faktik ob-havo jarayonlarni real vaqtda ko‘rsatish imkonini beradi.
Meteorologik radiolokator uskunasi 200 km radiusda mavjud va kutilayotgan ob-havo hodisalari to‘g‘risida, jumladan bulutlar oqimi va turi, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘ingarchiliklar miqdori va turi (yomg‘ir, qor, do‘l) hamda uning davomiyligi, momaqaldiroq sodir bo‘lgan hududlarni vizualizatsiya qilish orqali meteorologik kartalarga tushirilgan holda oldindan xabardor qilish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Kuzatuv ma’lumotlari esa har 10 daqiqada yangilanib, muntazam ravishda O‘zgidromet axborot geoportaliga uzatib boriladi.
Kelajakda shu kabi meteolakatorlarni yagona platformaga birlashtirish natijasida respublika hududini to‘liq qamrab oluvchi yer usti meteorologik radiolokatorlar yagona tarmog‘iga tashkil etilib, iqtisodiyotning ob-havoga bog‘liq tarmoqlari faoliyati barqarorligi va aholi xavfsizligini ta’minlashga erishiladi.