O‘zbekiston bo‘yicha 25-28 fevralga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 25-28 fevralga ob-havo prognozi

25.02.2022

O‘zbekiston bo‘yicha 25-28 fevralga ob-havo prognozi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kunning birinchi yarmida Surxondaryo viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning tog‘ oldi hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.

Qish faslining oxirigi kunlarida Eron hududlaridan iliq havo kirib kelishi kuchayishi hisobiga O‘zbekistonda qish fasliga hos bo‘lmagan juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me’yorlaridan 8-10° ga yuqoridir.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shimoliy hududlarga 27 fevral kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

28 fevralda respublikaning barcha hududlarini nam havo massasi qamrab oladi, respublikaning ko‘pchilik hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kungi harorat biroz pasayadi, ammo qish faslining oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan yuqori bo‘ladi.

25-28 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.