21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 20 yanvar soat 20 dan – 21 yanvar soat 20 gacha
20.01.2022
21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
20 yanvar soat 20 dan – 21 yanvar soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 8-10° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Navoiy viloyatinig shimolida 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.