13 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
12.01.2022
13 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
12 yanvar soat 20 dan – 13 yanvar soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi
7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi
10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.