O‘zgidrometning agrometeorologiya bo‘yicha mutaxasisslari Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi va IFAD o‘rtasidagi 2022-2027 yillarda mo‘ljallangan mamlakatning yangi imkoniyatlari dasturi COSOP ishlab chiqish doirasida uchrashuvda qatnashdilar.
Joriy yilning 10-13 may kunlari O‘zgidromet majlislar zalida O‘zgidromet hududiy boshqarmalari xodimlari Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkillashtirilgan, “Gidrometeorologik ma’lumotlarni boshqarish va gidrologiyada modellashtirish” mavzusidagi o‘quv seminarida ishtirok etdilar. O‘quv seminari davomida O‘zgidromet xodimlari Delft-FEWS va Wflow dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.