O‘zgidromet Bosh direktorining Qashqadaryo gidrometeorologiya boshqarmasi kuzatuv stansiyasiga tashrifi

O‘zgidromet Bosh direktorining Qashqadaryo gidrometeorologiya boshqarmasi kuzatuv stansiyasiga tashrifi

15.10.2021

O‘zgidromet Bosh direktorining Qashqadaryo gidrometeorologiya boshqarmasi kuzatuv stansiyasiga tashrifi

13-14 oktabr kunlari O‘zgidromet Bosh direktori Sh.Habibullayev markaziy apparat mas’ul boshqarma va bo‘linmalari boshliqlari hamrohligida Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi va kuzatuv tarmog‘idagi G‘uzor hamda Oqrabod stansiyalariga tashkillashtirilgan ishchi xizmat safari davomida stansiyalar kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida meteorologik stansiyalardagi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va qurilish obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

Ishchi xodimlar bilan joriy ish amaliyoti bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi hamda stansiya xodimlarini qiziqtirayotgan masalalar  to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek 13 oktabr kuni O‘zgidromet Bosh direktori Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Toirovich Mirzayev bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida, O‘zgidromet va xalqaro horijiy donor tashkilotlar ishtirokida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoning qurg‘oqchilik va sho‘rlangan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish va landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish CALCEM-2” loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan Qashqadaryo viloyatida: Dehqonobod, Muborak, G‘uzor, Chimqo‘rg‘on va Shahrisabz tumanlarida joylashgan gidrometeorologik stansiyalarga zamonaviy agrometeorologiyaga ixtisoslashtirilgan Sloveniya davlati “Microstep” kompaniyasi Avtomatik meteorologik stansiyalar o‘rnatildi. Stansiyalar viloyat qishloq xo‘jaligi sektorini agrometeorologik ta’minlashda meteoma’lumotlar sifati va tezkorligini oshirilishida xizmat qiladi.

фото