26-29 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

26-29 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

24.12.2025

26-29 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 27 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 27 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 28 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 29 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26-27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi2-7° iliq,
27 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

NAVOIY VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 27 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 va 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 27 va 29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 27 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 28 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 29 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 27 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 28 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 29 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq, 27 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 28 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-27 dekabrda kechasi 2° sovuq-
3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 28 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-27 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 27 dekabrda kechasi 5-10 sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi,
28-29-dekabrda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 2-7° iliqqacha ko‘tariladi.