24-27 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
22.12.2025
24-27 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24 va 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ad. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 dekabrda 1-6° sovuq, 27 dekabrda 3-8° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 dekabrda 1-6° sovuq, 27 dekabrda 3-8° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24 dekabrda 7-12° iliq bo‘ladi, 25-27 dekabrda 2-7° iliqqacha pasayadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 24-26 dekabrda 1-6° sovuq, 27 dekabrda 3-8° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25 dekabrda 5-10° iliq, 26-27 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25 dekabrda 5-10° iliq, 26-27 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-27 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuqdan 3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.







