22 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.12.2025
MUHIM HODISALAR
22 dekabrda Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
22 DEKABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5°iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.







